Onam deb otda ham yonadur,
Nomardlar onadan tonadur,
Onasiz bu dunyo qorong'u,
Zor emas minnatlik oshinga,
Sherikdur gam tushsa boshinga,
Yoqotsang kim kelar qoshinga,
Onasiz bu dunyo qorong'u...
Qizgonma eng shirin sozingi,
Qarosin olib ber ko'zingni,
Qabrda uzdiku o'zingni,
Onasiz bu dunyo qorong'u,
Shikoyat tushsa ham yoringdan,
Kechmagin onai zoringdan,
Quvonsin dunyoda boringdan,
Onasiz bu dunyo qorong'u...
Chalinsa mungli kuy naylardan,
Alaming olmagin maylardan,
Yoqotsang toparsan qaylardan,
Onasiz bu dunyo qorong'u,
Romolin ko'zinga surtsang ham,
Suratin qolinga tutsang ham,
Kelmagay asrlab kutsang ham,
Onasiz bu dunyo qorong'u...
Chidarman turli hil qiynoqqa,
Boshimni toshga ham urmoqqa,
Chidolmam onasiz yurmoqqa,
Onasiz bu dunyo qorong'u...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев