Buning bari O'zbekistonda go'yo shaffof boshqaruv olib borilyapti, degan ma'noda ko'rsatish uchun xolos. Bu o'ziga xos ko'zbo'yamachilik desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bunga o'xshash ko'zbo'yamachilikni biz Karimov tizimidan ham ko'rganmiz. Ya'ni ko'plab “o'zgarishlar” va “raqamlar” faqat qog'ozda qolib ketavergan edi. Bir og'iz bilan aytganda, faqat “drijyor” va “sahna” o'zgardi, lekin “p'esa” o'zgarmadi.
Holbuki, shuncha vaqt davomida Karimov “orkestrida” asosiy “cholg'uchi” bo'lgan zulmkor birdaniga demokratga aylanib qolishi imkonsiz. Zero, uning amalga o'tirish jarayonining o'zi demokratiya, yoki loaqal o'zlari tuzgan qonunga bo'lgan munosabatni ifodalamaydimi?
Zulm bir hil ko'rinishda bo'lmasligini ko'pchilik unutib qo'ygandek go'yo. Chunki, ba'zi “ziyolilar” va ularning ta'siridagi oddiy xalq Mirziyoevni Karimovga “o'xshamagan” siyosat olib boryapti degan fikrni ilgari surishmoqda.
Afsuski, mana shunday “shukroniy”lar ta'sirida oddiy xalq ham sarobga ishonib borayapti. Bu sarob ortida esa vatandoshlarni yana noma'lum vaqtgacha “ma'naviy qullik” kutib turibdi.
Karimov paytida bo'g'ilgan siyosiy bilim o'rnini Mirziyoev davrining “olqishlash” g'oyasi egallab borayapti. Xalq olqishlar bilan qarshi olayotgan “o'zgarishlar” amaldagi tizimning oyoqga turib olishi uchun siyosiy “o'yin” ekanidan habari yo'q.
Avvalgi maqolalarda aytib o'tganimdek, Mirziyoyev Karimovnikidan ham chuqqurroq ildiz otgan totalitar tizimni qurish bilan band. Bunga oddiy misol sifatida, kuyovlarini o'zi olib borayotgan siyosat ustuniga aylantirayotganini ko'rishimiz mumkin. Sodda qilib tushuntirganda o'ziga yaqin va xayrixoh bo'lgan insonlarni mansab kursisiga o'tqazish orqali o'z hokimiyatining kelajagini ta'minlab beryapti.
U Karimovdan farqli o'laroq, o'zi qurayotgan tizimning eng kichik bo'g'inigacha o'z odamlarini, xalqga namoyishkorona xolatda ”aybdor”lar o'rniga o'tqazmoqda. Xalq uchun esa avvalgi zulmkor o'rniga kelayotgan rahbar haloskordek ko'rinyapti. Albatta, buning barchasi u olib borayotgan axborot propagandasi va “ziyoli” maddohlar yordamida. So'z boshida aytib o'tgan tasmalarimiz ham huddi ana shu propagandaning bir bo'lagi xolos.
Yuqorida aytilgan gaplar isboti sifatida shuni aytib o'tishim kerakki, agar Mirziyoyev bazi maddohlar bong urayotgandek demokratik siyosat tarafdori bo'lganda, avvalo, u hokimyatni kuch bilan egallab olmagan, o'zi uchun sog'lom raqobat bo'la oladigan muxolifatga to'sqinlik qilmagan va xalqga haqiqatni anglab etishi uchun imkon bergan va ana shundan keyingina barcha raqobatchi nomzodlarni adolatli saylovga chorlagan bo'lardi.
Bu o'rinda, uning ham 1991 yildagi saylovda siyosiy “otasi” Karimov qilgan o'yinni qilmasligi kafolati sifatida, parlamentdan muxolifatchilar uchun teng o'rinlar berilishi, saylovoldi tashviqotlarda barchaga teng imkoniyat berilishi, butun jarayon ochiq shaffof tarzda, xalqaro kuzatuvchilar hamkorligida amalga oshirilishi, har bir saylov uchastkasida har bir partiyaning o'z vakili ishtirok etishi va nihoyat saylov byuletenlarining sanash jarayoni xalqga ochiq ko'rsatilishi lozim edi.
Albatta, bularning birontasini ham amaldagi totalitar tizim istamaydi, zero xaqiqatni anglagan xalq oldida o'zlari ham javob berishlariga to'g'ri keladi. Chunki amaldagi totalitar tizim safini ashaddiy poraxo'rlar, o'g'rilar, zulmkorlar va mansabparastlar tashkil qiladi.
Shunday ekan, biz, erkin fikrli yoshlar, yosh muxolifatchilar surunkali ravishda olib borilayotgan propaganda “urushi” va maddohlar da'vatiga qarshi sog'lom, haqiqat va xalq dardini bayon qila oladigan fikrlar bilan kurashishimiz kerak. Ular qog'ozda keltirayotgan dalillarga qarshi hayotdagi reallik bilan javob beraylik.
Albatta, bu yo'lda biz ancha sabrli bo'lishimiz talab etiladi. Zero, biz 74 yillik ittifoq zug'umi, 25 yillik Karim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев