Joriy yilning 4-mart kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Farg'ona viloyat Kengashi Harbiy qismdagi yoshlar bilan ishlash bo'limi mudiri F. Sultonov, O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi Farg'ona viloyat bo'limi biznes konsultanti S. Sodiqov hamda bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Farg'ona shahridagi 529 safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoninig harbiy xizmatchilariga "Jinoyatchilikni oldini olish" va "Tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar" mavzularida o'quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Safarbarlik chaqiruvi rezervining 576 nafar harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
Seminarda davomida O'zYTQQ Farg'ona viloyati hududiy bo'limi biznes konsultanti Sanjar Sodiqov seminar ishtirokchilariga hozirgi kunda tadbirkorlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar haqida to'liq ma'lumot berdi.
Muallif: O'zYTQQM Farg'ona viloyati hududiy bo'limi Matbuot xizmati volontyori ISLOMBEK SIDIQILLAYEV
ISLOMBEK-studio.tk Barcha turdagi yuklamalar,Dunyo va yurtimiz yangiliklari Dunyo Futboli yangiliklari !!!
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев