" Yana qaytsa yana SEVARDIM..." Chiqaringlar mayli yomonga Surgun qiling qaytmas tomonga G'ururimni surib bir yonga Yana qaytsa yana sevardim. Egdi garchi mag'rur boshimni Daryo qildi ko'zda yoshimni Ishoninglar bag'ritoshimni Yana qaytsa yana sevardim. Mayli kulgu bo'lsam ham sizga Ko'rinmaydi xatosi ko'zga Mening baxtim xox bo'lsin o'zga Yana qaytsa yana sevardim. Qiziqaman tilagi bilan Baxtli bo'lsin keragi bilan Mabodo gar yuragi bilan Yana qaytsa yana sevardim. Yurakni tutardim qo'liga Baxtlarni sochardim yo'liga Quloq solib bir kun diliga Yana qaytsa yana sevardim!