Ey azez yurtdoshim senga osonmas
O'zga yurt havosin simirmoqdasan
Uydagi onangni sog'inib bugun
O'zengni sen o'zeng yemirmoqdasan
Bilaman sog'indeng azez otangneng
Senga aytib bergan xikmatlarini
Oilasi bag'rida yurgan bilolmas
Musofir insonneng qismatlarini
Uyda yurganingda talashgan biyron
Mexribon opangni qumsab turibsan
Senga chin manoda bo'lolgan qalqon
Zabardast akangni eslab yurubsan
Akajonim deya quchgan erkalab
Jajji singilchangneng aksi ketmaydi
Yoningda yuribti ming bir bolajon
Bular bir ukangneng o'rnin bosmaydi
Xayollar surasan bo'lib pareshon
Esingdan chiqarmay shirin onlarni
Bazan qumsar yoreng bu ko'ngil nodon
Qulog'ing ostida begim der xamon
Barchasini aytdim faqat yig'lama
Yodengga solaman jajji farzandeng
Dadajonim deya yelkangda xamon
Qiyqirib ketmoqta mitti dilbandeng
To'g'ri sen musofir mexnatkash inson
Bu olis yurtlarga xoxlab kelmadeng
Raxmon tarifiga taslim bo'l shu on
Vatanneng qadrini uyda bilmadeng...
Yoqgan bòsa obuna bòb qòyeylar iltimos (raxmat) https://t.me/XusniddinRaxmon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев