Войти | Зарегистрироваться
Universal guruh - kino,klip,she'r,rasm,yangiliklar: Sanjarbek Jorayev Havaskor shoir
Yorim bezor mening dastimdan
Vafo kutmam sira do'stimdan
Ey odamlar kulmang ustimdan
Kambag'allik mening aybimmi?
Yuribmanda rizqim terib
Qo'lim qadoq, ko'ksim kerib
Boylik uchun borim berib
Kambag'allik mening aybimmi?
Uzoqlarga yetmaydi qo'lim
Yuragim qon topolmay yo'lim
Ko'ray baxtim kelmasdan o'lim
Kambag'allik mening aybimmi?
Ko'kda quyosh,oy bo'laman deb
Bukilmas bir yoy bo'laman deb
Qasam ichdim boy bo'laman deb
Kambag'allik mening aybimmi?
Yoshligimda alam o'tganda
Qasam ichdim sabrim bitganda
Yig'layman har qalam tutganda
Kambag'allik mening aybimmi?
Atrofim to’la do’stlar
ko’paymoqda borgan sari
lekin mani bir dard qiynar
man hohlagan inson qani?
Har bir do’stim jondan aziz
Fido bo’lsin jonom mani
Qiynar savol mani hargiz
Man hohlagan inson qani?
Niyat qildim bir insonni
Qalbim uchun soyabonni,
Qani endi do’stim qani
Hohlagan insonim mani?!