Muammosiz hayot, men uchun qiziqarli emas. Yashashning o'zi bir baxt aslida. Hayot sinovlari bizni toblaydi, va hulosalar chiqarib qarorlar qabul qilamiz. Dunyoda hech bir inson yo'qki, umr yo'llari tashvishsiz bo'lmagan. Boshqa bir insonni kamchiliklarini muhokama qilishdan oldin, o'zimizning hatolarimiz ustida bosh qotirsak yaxshi bo'lar edi. Har qanday holatda ham, vijdonimga qarshi chiqmaslikka harakat qilaman. Chunki Men ham dunyoga bir marta yashash uchun kelganman, va shu umrni, menga berilgan bebaho vaqtlarimni bekorchi ishlar uchun yo'qotishni hohlamayman.