Ismoil alayhissalom va ularning ukalari, onalari Sora alayhissalomdan bo’lgan Ishoq alayhissalom va Ishoq alayhissalomning o’g’illari Yaqub alayhissalom haqida.
Ismoil alayhissalom arab bo’lmaganlar. Ularning otalari Ibrohim alayhissalom Iroqda Bobilning Er shahrida tug’ilgan va ibroniy bo’lganlar. Lekin, Ismoil alayhissalom Makkada yashab, o’sha yerda o’sib-ulg’aydilar. Ular Jurxum qabilasi orasida yashab, ulardan arab tilini o’rgana boshladilar. Ismoil alayhissalomdan oldingi arablar oriba arablar, ya’ni asl, sof arablar deb ataladi. Ismoil alayhissalomdan va undan keyingi arablar mustariba arablar, aralashgan, ya’ni boshqa xalqlar bilan aralshgan arablar deb ataladi. Ismoil alayhissalom