Qadahso'z
Keling, eslamaylik bugun sevgini,
Keling, muhabbatdan aytmang qadahso'z.
Bu bayram, ziyofat siz uchun emas
Qo'ying, ishqingizni qilmangiz ko'z-ko'z.
Ko'rdim ko'zingizni quvonchga to'la
Yuzingizdan yorqin baxtlar taralar.
Sizlar sevgingizni birga qurdingiz
Baxt qasri degani shunday yaralar.
Biz-chi, mag'lub bo'lgan, oshiqlargachi?
Bugun faqat qo'lga yarashar sharob,
O'rtada bir savol, sevgi yoki may
Meni qaysi biri qiladi xarob.
Savollar ko'p, g'amdek yo'qdir oxiri
Bo'ldi, gapim tomom, olamiz yuz-yuz.
Turing, baxtdan mastlar gapiring siz ham
Lekin, muhabbatdan aytmang qadahso'z.
Muallif-:::::;::: ххххххх