Men o‘zimni sevaman,
Menga o‘zim yoqadi.
Endi menga baribir,
Kim qanaqa boqadi.
To‘nim kalta, va lekin
Yo‘qdan ko‘ra, shukr, bor.
Bu dunyoda hech odam
Emas mendek baxtiyor.
Gap eshitsam jilmayib,
Kaltak yesam kulaman.
Chap yuzimga urishsa,
O‘ngin tutib turaman.
Yurak degan qabrda
Armonimni ko‘mganman
Va ustida bolamga
O‘yin tushib berganman.
Har tong qarab oynaga,
Deyman: “mening g‘amim yo‘q”,
Men sog‘lomman, men zo‘rman,
Tashvishim yo‘q, kamim yo‘q.
G‘animlarim yov, lekin
Men ulardan qarz emas,
Hech qaysisi jonimni
Tikishimga arzimas.
Xomush bo‘lar ba’zilar,
Sochin oqin sanashib,
Menga esa turibdi,
Ajinlar ham yarashib.
Tikan - tikan, gul guldir,
Har narsa o‘z holicha,
Azizlarim, dun
Вақт ўтиши билан шуни билдимки, ҳаётим мобайнида мен билан содир бўлган ҳар бир яхши ва ёмон ишларда Роббимнинг буюк ҳикмати бор экан... Аслида, Роббим, менга ўзимдан минг карра кўпроқ меҳрибон ва карамли экан...