Yurak to'la dunyo g'ami bor
Arzon sotar oling kami bor
So'rasangiz aytmaydi ammo
Erkak deydi hammasi yaxshi
So'ngi nafas so'ngi damgacha
Tinim bilmas tundan tongacha
Pichoq yetib borsa jongacha
Erkak deydi hammasi yaxshi
Yelkasida oilasin yuki
Ko'zlar ko'rmas to'yib bir uyqi
Aldasa ham milyonta tulki
Erkak deydi hammasi yaxshi
Yig'lasa ham chiqmaydi uni
Yodidamas tug'ulgan kuni
Qolmasa ham bir chaqa puli
Erkak deydi hammasi yaxshi
Risqin izlab dunyoni kezar
Tig' ustida tursa ham kular
Onda sonda hol so'rsa jigar
Erkak deydi hammasi yaxshi
Duo qilsa tegar savobi
Bildirmaydi qochsa xam tobi
Har galgiday bir hil javobi
Erkak deydi hammasi yaxshi
OZOD NUR

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев