Bu zamon afsuski aldar ko'sadur
Yo'lingda qancha tikon o'sadur
Xovliqma atrofda dostlarim ko'p deb
Oldingda soddiq do'st otang bo'ladi
Omading chirog'i yoritmay qolsa
Sinovlar sirtmog'i sog'liging olsa
Shu payt ishongan bir inson bo'lsa
Oldingda soddiq do'st otang bo'ladi
Avliyo o'rnida ko'rgan tanishlar
Qorasi ko'rinmas yurmasa ishlar
Alamdan labingni tishlasa tishlar
Oldingda soddiq do'st otang bo'ladi
Joninga tahdidlar bo'lsa xar qadam
Egilsang mensimas ul qoshi qalam
Minnatsiz Borini berguvchi odam
oldingda soddiq do'st otang bo'ladi
chalingan qarsaklar tarsaki ursa
Shohu gado ham ustingdan kulsa
Boshinga tuhmatdan bir balo kelsa
Oldingda soddiq do'st otang bo'ladi
BOSHINGA TUHMATDAN KELSA BIR BALO
OLDINGDA SODDIQ DO'ST OTANG BO'LADI
OZOD NUR
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев