Oshiqlarga siylov ekan ayriliq,
Oshiqlarga sinov ekan ayriliq,
Ikki oshiq sevgi saltanatiga,
Nogoh kelgan bir yov ekan ayriliq.
Ayriliqning qasrida vazir ekan armonlar,
Ayriliqqa tinmayin, muhabbatni yomonlar,
Ayriliqning zindonida tutqun õsha muhabbat,
Ikki egasin kutmoqda yutib u qora qonlar.......