Предыдущая публикация
Men bormasam, sen kelmasang, Men yonmasam, sen yonmasang, Bir kun kuyib kul bo`larman, Sevganimga ishonmasang. O`rtamizda g`urur bordir, Ikkimizga dunyo tordir. Har kun eshik qoqadi baxt, Umidvordir, umidvordir. Ko`zlarimiz mahzun-mahzun, Hislarimiz bizdan, mavhum. So`zlarimiz qisqa-qisqa, Shartlarimiz uzun-uzun. Birovlarga o`xsholmasak, Odamlardek yasholmasak, Oxiri qanday tugaydi, O`zimizga ishomasak. Bu darddan qutulay deyman, Bir umrga uxlay deyman. Bir zumga seni o`ylasam, Yig`lay deyman, yig`lay deyman. Men bormasam, sen kelmasang...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев