Kerakmas mingata söz bilan avrashing, Har on yodimda özing deyishing. Har tongda sani man tushda kördim deb, Kerakmas xis etmas kuylar kuylashing. Birgina sörayman sandan hamisha, Eslagin özgaga bir boqqaningda, Kimningdir köziga tikilganingda, Suratim namayon bölsa ularda. Diqqting buzganda begona chiroy, Yuraging qattiqroq ursa bir onda. Jumbushga kelganda eting suhbatdan, Iltimos bir bora eslagin mani. Kerakmas eslashing yonimda bölsang. Yodga ol bir bora manim nigohim, Nursiz bir közlarda korganingda. Dilim yetimlikda öksiganin ham, Kimningdir mexrida ovunganingda. Hamisha eslab tur kulganingdamas, San mandan yiqoqqa ketar bölganda. Qalbimda g'amimni eslagin bir bor, Kimnidir og'ushida q