Предыдущая публикация
Ikki metr qabrga uzatasiz jim.
Keyin xatolarni tuzatasiz jim.
Men armon bo'laman sizga bir umr.
Kulgan ko'zlarimni ko'rgiz keladi.
Bir bor axvolimni so'rgiz keladi.
Doim yonginamda yurgiz keladi.
Men armon bo'laman sizga bir umr.
Qo'limdan tutmoqqa qo'llar yetmaydi.
Umrim tilamoqqa tillar titraydi.
Meni unutishga umriz yetmaydi.
Men armon bo'laman sizga bir umr.
Osmonlarga qarab intilasiz jim.
Ketgan yo'llarimdan termulasiz jim.
Ketganimdan keyin kim bo'lasiz kim?
Men armon bo'laman sizga bir umr.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев