Alloh bir ishni kechiktirsa, faqat yaxshilik uchundir.
Bir ishdan seni mahrum qilsa, faqat yaxshilik uchundir.
Ustingga balo-ofat tushirsa, faqat yaxshilik uchundir.
O‘kinma! Alloh faqat yaxshilikni ravo ko‘radi!
Dunyoning g‘amlari ko‘p. Qaniydi bor-yo‘q g‘am-tashvishingni oxirat
g‘amiga aylantirib olsang, qanday go‘zal ish bo‘lardi... Kimning g‘ami oxirat
bo‘lsa, Alloh uning yolg‘izligini yo‘qotadi, ishini oson qiladi, qalbini qanoatli qilib qo‘yadi.