Yigitning bori uning g'ururi, Shudir yigitlikning asli sururi, Tark etmasin uni shunday xuzuri, Yigit yig'lamasin, yigit sinmasin. Yig'laydi toptalsa nomusi ori, Xiyonat qilganda jufti haloli, Zumda cho'kib ketar tog'day viqori, Yigit yig'lamasin, yigit sinmasin. Ravon bo'lsin hardoim yurgan yo'li, Titramasin baxtga uzatgan qo'li, Yigitning ko'z yoshi qiyomat do'li, Yigit yig'lamasin, yigit sinmasin. Yetar xiyonatning shamoli tinsin, Diyonat otiga yigitlar minsin, Xoinlar yig'lasin, nomardlar sinsin, Yigit yiglamasin, yigit sinmasin. Chidayverar demang, u ham bir odam. Cheki bor har qanday bardoshlarning ham, Beyuz muttaxamlar oldida xecham, Yigit yiglamasin, yigit sinmasin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3