.. Maktab... 3-sinf o'quvchilariga dars bo'lyapti. O'qituvchi bolalarga: "Xudodan o'zingiz uchun nima so'ragan bo'lardingiz?" mavzusida insho yozishlarini vazifa qilib topshirdi. Hamma oppoq qog'ozga o'z inshosini yoza boshladi. Kechqurun yozma ishlarni tekshirarkan, o'qituvchining diqqatini bir insho o'ziga tortdi. Inshoni o'qib chiqarkan u juda xafa bo'ldi, ko'zlaridan yuziga yosh dumaladi. Shu vaqtda xonaga uning eri kirib keldi va ayolining ko'zidagi yoshlarni ko'rib hayron bo'ldi. “Nima bo'ldi?” – deb so'radi u. “O'qing”, - deb, unga o'sha o'quvchining inshosini uzatdi. Insho quyidagicha yozilgandi: """Pаrvardigor, bugun Sendan alohida bir narsa haqida o'tinib so'ramoqchiman: meni telev