O`tdi yoshlik zavq bilan, gohi to`polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim ba'zan qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo`qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g`aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.
Dunyo degan shundayin anglab bo`lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan.
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.....