Boylik davlat bo'lmasa ham
Cho'ntak pulga to'lmasa ham
Choyda asal bo'lmasa ham
Qalbda mudom iymon bo'lsin
Uy koshona bo'lmasa ham
Qo'l tilloga to'lmasa ham
Yuzda chiroy bo'lmasa ham
Har yurakda iymon bo'lsin.
Yolg'on dunyo bu dunyo
Arzon dunyo bu dunyo
Ne ne xakim beklardan
Qolgan dunyo bu dunyo
Uzat deysan ber deysan
Hech qo'ymading odamzod
Tuya to'ydi fil to'ydi
Sen to'ymading odamzod..!