Men Seni Sevaman soylarda oqib,
Dengizim, Sen tomon suzaveraman.
Men Seni Sevaman Majnun misoli,
Sahrolarda kezib izlayveraman.
Men Seni Sevaman quyosh misoli,
Nurga to'ldiraman bag'ring har tong.
Men Seni Sevaman oftob misoli,
Osmonim, poyinga tiz cho'kib har shom.
Men Sni Sevaman sherlarim bilan,
Yuragim xonishi baytlarda oshkor.
Men Sni Sevaman bor qalbim bilan,
Faqat Seni qo'msar takror va takror...
Men Sni Sevaman har dam sog'inib,
Bizlarni ayirgan vaqtni tilkala.
Kutganim, kutaman to diydorgacha,
Baxtim deb, gulim deb meni erkala.
Men Seni Sevaman o'zimdan ortiq,
Jon so'ra jonimni beraman so'zsiz,
Borimni, yo'g'imni qilarman tortiq,
Rang barang dunyo ham kerakmas