bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
feruza gumbazli osmon ostida
na chin musulmonmiz na kofir tamom.
men keldimu, dunyo ko'rdimi foyda
ketsam martabasi osharmi qayda
hech kim tushuntirib bera olmadi
kelishim ketishim sababi qayda.
dedim endi mayi gulgun ichmayman,
may tok qoni men xun ichmayman,
keksa aqlim aytdi shu gaping rostmi
dedim hazillashdim nechun ichmayman
sen bo'lsangu men bo'lsamu may bo'lsa,
o'rtada bir qizil gul ham nay bo'lsa,
nayni chalib navo qilsang nozanin
jon bermoqqa yurakkinam shay bo'lsa.
o'ylama pulsizu nochor ichmayman,
rasvolikdan qilib yo or ichmayman,
men mayni dilxushlik uchun ichardim
u kunchi qalbimda sen bor ichm