Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketgin.
Do'stim, eng mo'tabar manzilga yetgin,
Yaxshilik yo'lida sen yashab o'tgin,
Bir yaxshi nom qolsin erta ortingdan,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketgin.
Farzanding, do'stlaring, ortingdan qolib,
Chiroyli kunlarda yodiga solib,
Suyganing o'rtansin xotirga olib,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketgin.
Pul uchun, mol dunyo, hoyu havas deb,
Yashama, iymoning vijdoningni yeb,
Shukr ayt, Vataning tuprog'ini o'p,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketgin.
Birovning ko'nglini og'ritma zinhor,
Har bir urgan mushtning javobi ham bor,
Sen ketsang, bo'lsinlar qadaminga zor,
Yig'lab tug'ildingmi, yig'latib ketding.
Davron sur, davralar to'rin to'ldirib,
Qasirda yashasang xam
Qabrda yotasan
Malibuda yursang xam
Tobutda ketasan
Jakuzida cho'milsang xam
Oddiysuvda yuvilasan
Osmonda yursang xam
Yerga ko'milasan....!!!!