Ot ham qozig'ini topar aylanib
ketmoqqa turibsiz buncha shaylanib
Qolmang makrlarga siz ham boylanib
Kirar eshigingiz qattiq yopmang yor
Bir kuni yonimga qaytmog'ingiz bor
Asabingiz tori tortilgan tarang
Men ham ko'nglingizga qarayman arang
Birorta nozanin qildimi garang
U sizni kutarmi mendayin bedor
Bir kuni yonimga qaytmog'ingiz bor
Sabr kosam to'lar bir kunmas bir kun
Sizni ham chaqadi ilon kabi tun
Qilmang siz dilimni bunchalar zabun
Qaytar dunyoligin unutmang zinhor bir kuni yonimga qaytmog'ingiz bor