*E-9 vizadagilar emas.
2020.09.09 sanadan 출국기간연장허가 / 출국기간유예-Koreyani tark etish uchun qo'shimcha muddatni FAQAT onlayn hikorea vebsayti ( https://www.hikorea.go.kr ) orqali olish kerakligi haqida e'lon qo'ygan edik.
Ammo qanday qilib onlayn ariza topshirish kerakligini bilmasdan, migratsiyaga borib uzaytirayotganlar uchramoqda.
Migratsiyaga borganlardan (1-rasm) agar keyingi safar ham onlayn tarzda ariza topshirmasa viza muddati uzaytirib berilmasligi haqida TASDIQXATI olinmoqda.
Aynan qanday hujjatga imzo qo'yayotganingizni tekshirib ko'rmasdan imzolash, keyinchalik viza muddati uzaytirilmasligiga sabab bo'lishi mumkin.
Hikorea orqali onlayn ariza topshirish vaqti:
- dushanbadan jumagacha
- soat 07:00 ~ 22:00
Shanba va yakshanba kuni onlayn ariza topshirish imkoniyati yo'q. Hujjat ko'rib chiqish kuni 7 kungacha ketishi ham mumkinligi uchun imkon qadar ertaroq hujjat topshiring.
Onlayn hujjat topshirishga yordam:
📞 010-3313-2992
📞 010-8071-9984 https://t.me/allaboutkorea_uz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев