Qachondir bu hayotdan zeriksangiz, hatto ko'zlaringiz yoshlansa, o'zligingizga, qalbingizga sayr qiling. Agar o'sha qalbning yo'llarida meni uchratib qolsangiz, mayingina bir tabassum ila meni bir bor eslab qo'ying..........Chunki hamon yodimdasiz.......!!!
Hayot yo'lim etadi davom,
Bevafo yor tashlab ketsa ham.
Lek muhabbat so'nmadi hamon,
U o'zgani tanlab ketsa ham!
O'zga yorga ko'nglim ko'nmadi,
Undan umid so'nib ketsa ham,
Unga bo'lgan mehrim so'nmadi,
U o'zgani tanlab ketsa ham!
Yurak undan voz kecholmaydi,
Voz kechishga ko'zi yetsa ham.
O'zga yorni hech sevolmaydi,
U o'zgani tanlab ketsa ham!
Azoblarda qoldim bir o'zim,
U bevafo quvnab yursa ham.
O'zga yorni ko'rmaydi ko'zim,
U o'zgani tanlab ketsa ham.
Ketganiga yig'lama sevsa ketmas edi. Kelganida quvonma u ham birovdan keldi... Bugun san uchun jonini berishga tayyor inson. Kecha boshqa birov uchun o'lmoqchi edi...