Sovuq tunni qo'ynida.
Dard-u, hasrat bo'ynida.
Bir nozanin ko'nglida.
Yolg'izman.
Dardlarimga davo yo'q.
Shamol bor-u, havo yo'q.
Ko'zim yo'lda sado yo'q.
Yolg'izman.
Soniyalar o'tmaydi.
Mahzunlik tark etmaydi.
Doim nedir yetmaydi.
Yolg'izman.
Kulay desam sindi dil.
Kalimaga kelmas til.
Yuragimga sig'mas qil.
Yolg'izman.
Ko'rinmaydi hech kimsa.
Birov bilmas jon chiqsa.
Qon chiqmaydi tig' ursa.
Yolg'izman.
Mag'rurlik eng yaqinim.
Yig'lamadim rost inim.
Qilganimga most inim.
Yolg'izman.
Oxu ko'zlar aldadi.
Shirin so'zlar aldadi.
Aldadi ox, aldadi.
Yolg'izman.
Ollohga hos yolg'izlik.
Ollohga mos yolg'izlik.
Bandagamas yolg'izlik.
Yolg'izman.
Sog'inma deb sog'indim.
Og'rinma deb og'rindim.
O'z yog'imga qovrildim.
Yolg'izman.
Najot shunday g'alati.
Azob berish odati.
Dard-u, alam ovqati.
Yolg'izman.
Shavkatbekni yo'qlab qo'y.
Atay qilgin do'qlab qo'y.
Bugun ko'rib olgin to'y.
Yolg'izman.
Ismoilov Shavkatbek Sidiqxo'ja o'g'li.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 31
Sizga yangi zafarlar tilab qolaman !
лекин сиз елгиз эмассиз мана биз сизни жондан яхши курадиган мухлислариз бор