O'lsam yig'laysizmi ko'zga olib
yosh,
Zor bo'lib eshitgan yurakni
ezib,
Oq kiyib tuproqqa qo'yganimda
bosh,
Yig'larmisiz aslo qaytmasim
sezib.
O'lsam ko'kragimni zax yerga
berib,
Tuproqqa aylanib ketsa gar
tanam,
Olovda muzlagan yuragim erib,
Loy to'lib qoladi ochiq ko'zga
ham!
O'lsam tosh qo'ymanglar
qabrim boshiga,
Hech narsa kerakmas gul ham
ko'za ham,
Vaqt topsangiz keling qabrim
qoshiga,
Gar minnat qilsangiz kelmang
shunda ham
O'lsam nuqsonlarim aytib
izimdan,
Aslo yomonlamang yomon
bo'lsam ham,
Eshitsam yoshlar oqar
ko'zimdan,
G'iybatdan qutilmayman garchi
o'lsam ham.
O'lsam xotirangizdan
o'chirsangiz ismim,
Shunda qabrim topish bo'lsa
gar qiyin,
Eng