Sog‘inchingiz gumoni menman.
Yurak yutib aytmayman dardim,
Yarim dilning yomoni menman.
Hayolimga yulduzlar sirdosh,
Hayotimga muhabbat yo‘ldosh.
Alam bilan bo‘lganman kundosh,
Soxta tilning armoni menman.
Uchar qushlar sog‘inch shamoli,
Tunlari oy o‘tinch jamoli.
Ko‘rinmadi baxtning kamoli,
Tanho yo‘lning hazoni menman.
Aylanadi hayolim biroq,
Sendan ketmas sof sevgim yiroq.
Qismatimmi azobli qirg‘oq,
Bitta qo‘lning vayroni menman.
O‘tib borar azobim bari,
Baxtim ketdi negadur nari.
Manzilimmi armonning qa`ri,
O‘ng-u so‘lning tomoni menman.
Tunlar qalbim dardining isi,
O‘kinchlarim sog‘inchim izi.
Asir yetdi armonning qizi,
Yakka ko‘lning ummoni menman.
( ) bekning qalbi to‘la qor,
Muhabbatim - bo‘ynimdagi dor.
Qalamdayin bo‘lolmading yor,
So‘lgan gulning sarsoni menman,
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев