Eriyabman qor bo'lib Qo'llaringning taftida Yuragimnig yarasin Chizgan inson kaftida Izg'irin qish shamoli Yopar dil darchalarin Aylantirib uchurar Oppoq qor parchalarin Men ham Qordik boshingda Aylanib uchsam edi So'ngra yerga cho'kkilab poyingni quchsam edi...