Yo’qlab kelar, hatto begonalar ham,
Davlating yo’g’ida, baxting sho’rida
Saloming olmaydi devonalar ham,
Davlating borida, baxting to’rida,
Izlaringni o’par mastonalar ham.
Chirog’ing o’chganda, do’stki do’st, hatto,
Ko’changdan o’tmaydi qadrdonlar ham,
Bo’yningga ilsang ham gado to’rvasin,
Ichmagil nomardning yog’li sho’rvasin.
Allohimdan so’ra, bergay barchasin,
Oltinga aylangay ostonalar ham.
Kecha yonginamda yurganding, yo Rab,
Ko’zim oynasida sochlaring tarab.
Bugun-chi izingdan qoldim-ku qarab,
Demak, rost ekan-da afsonalar ham,
Yulduzdek bir yondik, o’charmiz, jonim,
Hijron yo’q joylarga ketarmiz, jonim.
Sadoiydan yodgor senga bu qabrim,
Sarg’aydi xonishlar, taronalar ham,
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев