Men sizni sog'indim o'limdan ko'proq, Ko'rsaydim, ko'zimni to'ldirmay tuproq, Ayriliqdan bemor yuragim og'rir, Tushimda kelgaysiz. Bu ishq kasal qildi, telba qildi ishq, Dilqasrim vayrona, kulba qildi ishq, Ismingizni aytib uxlay olmayman, Ko'ring, mani nima qilsa qildi ishq. Tunlari yolg'izlik dardlari sanchar, Bedorman savollar ko'ksimni yanchar, Nega bunday bo'ldi degan savollar, Yurakka betinim urmoqda xanjar. To'yib ketdim sizsiz bu dunyolardan, O'ylayverib har kun charchab ketdimku. Mening boshqalardan ayting nimam kam, Men ham boshqalarday inson edimku... Aybim sevganimmi, ko'ngil berganim, Beg'ubor qalbimni topshirdim sizga. Meni qon qaqshatib nima topdingiz, Qalbingiz aylanib qolgan