Bir shoir "Ayolni tushunish kerak emas, uni sevish kerak", deb aytgan ekan. Nega, desangiz, chunki ayolni erkak hech qachon tushunmaydi. Erkak o'ylaganidek ayol mantiqsiz yoki aqlsiz bo'lgani uchun emas, balki ayol atrof- muhitga hissiyot bilan qarashi va barcha amallarni, gaplarni hissiyot bilan qilishi uchundir. Erkak esa aksincha, hissiyotlarga berilmay faqat mantiqan ish tutishga qodir. Demak, ayolda mantiq yo'q deyish notog'ri. Chunki ba'zi muammolarni hal qilishda quruq mantiq kerak bo'lsa, ba'zida hissiyot yordam bera oladi. Undan tashqari hamma erkak ham o'ta yuqori darajadagi aqlga ega emas. Shunda muammo hal qilishda uning mantiqi unga pand berishi hech gap emas. Agar er-xotin muammoni hal qilishga birgalikda yondashsalar, ya'ni hissiyot va mantiq ila, u holda uning yechimi shunchalik to'g'ri bo'la oladi. Demakki erkaklar, ayol gapiga ham nazar solishlari darkor...har doim ham mantiq to'g'ri bo'la olmaydi. Ba'zida erkaklarning asabi buziladi, "bu ayollarni tushunib bo'lmaydi", u meni hech tushunmaydi", deb. Shunda bir o'ylab ko'ring, yoningizda sizni har tomonlama tushinadigan, siz bilan bir fikrga har doim ega bo'ladigan, erkak kabi har bir ishga mantiqan yondashadigan ayol bo'lgani yoki sizni hal qilib bo'lmas bir muammo qiynayotganda u muammoni hal qilishga mantiqan urinishdan ko'ra sizni mehr ila yupatayotgan, yoki farzandlaringiz yig'laganda ularni jajji muammolarini hal qilish bilan ovora bo'lmay, bag'riga bosayotgan, ikki yo'l orasida qay biri to'g'ri ekanligini bilolmay turganingizda o'z hissiyotlari bilan sizga kerakli yo'lni ko'rsatib bera oladigan ayolning bo'lishi yaxshi emasmi? Albatta yaxshi, erkak aynan shu hissiyotlarga muhtoj. Unda bu yo'q, bu ham uning aybi emas, bu uning erkakligidandir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев