Men seni sog'indim... bugun boshqacha,
Kelmasang vaslimdan hijronim yaqin.
Agar yetolmasam erta tonggacha,
Ishqimdan ko'ksingga bir tumor taqqin.
Men seni sog'indim bugun boshqacha,
Sog'inchim izhori sokin sukunat.
Go'yo yetolmayman erta tonggacha,
Kelsang ham so'zlashga topilmas ju'rat.
Qo'y endi xayolim buzmagin meni,
Men seni unutdim, unutgin meni.
Taqdir shunday bo'lsa ne qila olaman,
Men seni kechirdim, kechirgin meni...