Havolanib uchgan zarrayu qumlar, Suvga yetib kelgach yeldanda qolar, Togʼlardan sel bilan oqayotgan toshlar Tuzga yetib kelgach sellardan qolar, Bu dunyo aldoqchi ishonma unga Otangdan qolgandur sendanda qolar Yoʻlga chiqsang oʻngu soʻlingga qara Qancha shahar, qancha mozor, qancha maqbara Unda barcha tengdur gadoyu toʻra Sozanda chalayotgan nayingdan soʻra Sozu nozu raqqosa eski nogʼora Boshqalardan qolgan sendanda qolar