Ko'zlari ochig'u ko'r bo'lar, Almoyi
kuylarga jo'r bo'lar. Pishirgan
ovqati sho'r bo'lar, Qiz bola
kimnidir yoqtirsa. Ko'zguga qoshini
qoqadi, Husniga jilmayib boqadi.
Tunlari gapirib chiqadi, Qiz bola
kimnidir yoqtirsa. Hayolda bir umr
qarimas, Yuzidan hayajon arimas.
Har qanday yumushdan xorimas,
Qiz bola kimnidir yoqtirsa.
Sevgidan romanlar o'qiydi, Ovqatni
yolg'ondan cho'qiydi. Tushida
ro'molcha to'qiydi, Qiz bola
kimnidir yoqtirsa. Qoshiga
o'smalar qo'yilar, Soch degan
yelkaga yoyilar. Tor xona keng
olam tuyular, Qiz bola kimnidir
yoqtirsa. Yuragi quvonchdan
to'ladi, Jiddiyroq gapiring kuladi.
Hayoli parishon bo'ladi, Qiz bola
kimnidir yoqtirsa!!!