Olis yurtga ketib qoldim, rejalar deb bo'lg'usi. bu yerlarda sog'inyapman onajonim kulgusin. bolam deya mehr bilan bosardilar bag'riga, mana endi yetyapman mushtiparim qadriga. Shirin so'zi,erkalashi qulog'imdan ketmaydi,sog'inchlarga ko'mib meni vaqt ham tezroq o'tmaydi. Ko'zlarimda yosh bilan o'tmoqda bu tunlarim, hayolimga kelaverar o'sha baxtli kunlarim. Duoda o'tkazyapman umrim har bir oninini, ollox asra panoxingda volidalar jonini...
Комментарии 3