http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42366861?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga koʻra, 2018 yildan boshlab Oʻzbekistondagi toʻqimachilik korxonalari paxta xom ashyosini fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan bevosita sotib olishlari mumkin boʻladi.
Mazkur yangi tartib tajriba sifatida yoʻlga qoʻyilmoqda.
Bu bilan mahalliy toʻqimachilik korxonalarining paxta xom ashyosini eksport narxlarda monopoliyachi "Oʻzpaxtasanoat" tashkilotidan sotib olish tartibi bekor qilinadi.
Farmonda aytilishicha, paxta xom ashyosi narxi shartnoma asosida, hamda fermer xoʻjaliklarining xarajatlari hisobga olingan holda kelishiladi va davlat oʻrnatgan narxdan past boʻlmasligi kerak.
Maʼlumki, paxta narxi har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 2018 yilgi paxta xom ashyosi narxi 15 yanvargacha belgilanishi koʻzda tutilgan.
Farmonning muhim jihatlaridan biri shuki, unda "paxta xom ashyosiga davlatning buyurtmasini bosqichma-bosqich qisqartirish" ham tilga olingan.
Iqtisodiy tahlilchilarga koʻra, Sovet Ittifoqi davridan Oʻzbekistonga meros boʻlib qolgan markazlashgan paxta sanoati va paxta ustivorligi mamlakat iqtisodi taraqqiyotiga toʻsiq boʻlib qolayotgan omillardan.
Oʻzbekiston koʻp yillar davomida paxta terimidagi bolalar mehnati, hamda byudjet ishchilari va talabalarning majburan terimga olib chiqilishi tufayli xalqaro tashkilotlar tomonidan tanqidlarga uchrab keladi.
http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42366861?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga koʻra, 2018 yildan boshlab Oʻzbekistondagi toʻqimachilik korxonalari paxta xom ashyosini fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan bevosita sotib olishlari mumkin boʻladi.
...http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42366861?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonga koʻra, 2018 yildan boshlab Oʻzbekistondagi toʻqimachilik korxonalari paxta xom ashyosini fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan bevosita sotib olishlari mumkin boʻladi.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев