• Uni ko’rishga intilasan, afsuski unda: ‘Информация доступна только для друзей. Это закрытый профиль. ’ – deb yozilgan…. • O’tgan kunlar, baxtli damlar birma bir nigohing chegarasidan o’tadi. Eng ayanchlisi, xotirang qa’ridan birdan – ‘BO’LDI, ENDI BEGONASIZLAR’, degan so’z ongingda paydo bo’ladi. Yuraging olovda qoladi. Yana qalbing, tilkalanadi. Uning yopiq profiliga soatlab mung ila tikilasan.• Na hayotda na virtual olamda unga yaqinlasha olasan. Bu juda og’ir…. Uning ismini o’qiysan, lekin, o’ziga ayta olmaysan, chaqira olmaysan…. Rasmini ko’rasan, u har doimgidek kelishgan yoqimtoy, lekin, yaqinlasha olmaysan, o’zini hayotda ko’ra olmaysan… Umr o ’tayapti, vaqt o’tayapti, dardingga esa davo yo’q. Ba’zida vaqt ham tuyg’ular bilan bog’liq yaralarni tuzata olmas ekan…. Oldingda ikki yo’l bor: birinchisi: •’Добавить в друзья’ Aslo…. Endi, begonalarsiz! Hech qachon ko’rishish mumkin emas. Do’stlikdan ham , sevgidan ham asar ham qolmagan. Shunday qoldirasan. Qo’rqasan, unutganini rostdan bilib qolishdan. Yaqinlashish ilojsiz…. Ikkinchisi: ‘Заблокировать пользователя’ Qanday(?) Yuragingni bir parchasini uzib, o’zingdan yiroqqa tashlay olasanmi? O’z holicha qoldirishni ma’qul ko’rasan, har dam, har onda uning qaytishidan umidvorsan. Unutish ham ilojsiz…. Bu og’ir, juda og’ir…. Yana, ilojsiz mungli nigohlar bilan, ismini o’qib, suratiga termulib vaqt o’tayotganini anglaysan, oldingdagi ikki yo’ldan birini ham tanlay olmaysan…. Yana ilojsizsan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 15