Tonglargacha qor yog'di uhlamadi qizaloq.
Nahot ko'ngil o'yini, uni qildi o'yinchoq.
Karnay-surnay sadosi, ko'kni soldi larzaga.
Yig'lamagin qizaloq, u uylandi o'zgaga.
Chimildiqlar bezalgan, u uyga sen begona.
Ko'kni tutgan ko'z yoshing, to'yxonaga to'yona.
Yog'sin qorlar yomg'irlar bugun sevgi o'lgan kun.
Seni emas o'zgani yor quchoqqa olgan tun.