Bardoshim haqida ash’or to‘qisin, Mendan norozilar fikridan qaytsin. O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin, Aytolmay qolganim desin Ollohga, Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin, Bilmagan bilganim desin Ollohga. O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving, Toki, kafanlarim ketmasin kuyib, Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying, Boray huzuriga ozgina sovib. O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling, Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda. Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling, Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda… O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga, Toki, soyasida tilovat o‘qing. Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga, Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing. Kichkina yasating qabrtoshimni, Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib, Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni, Men safarga ketdim chorig‘im kiyib. O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga, To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating, Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing, Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin. O‘ng tarafdan keling, oyoq tarafdan, Toki, ko‘rsin sizni ochiq ko‘zlarim, O‘lim haq ekanin olasizda tan, Quvonay, keldi, deb o‘g‘il-qizlarim. O‘lsam yo‘qlab turing. Biling, kutaman, Chunki, siz deb o‘tdim o‘zimdan kechib, Yo‘qlamay qo‘ysangiz, zardob yutaman, Yotaman go‘rda ham ko‘z yoshim ichib, O‘lsam, umrim sharhin nabiralarga, Evirmay, o‘chirmay borini so‘zlang. Intiq kutganimni ularni hamda, Yonib o‘tgan ko‘nglim zorini so‘zlang. O‘lsam, she’rlarimni avaylab asrang, Imkonin topib topshiring elga. Bilaman, el o‘qir sog‘inib, sevib, O‘tar yozganlarim qo‘llardan qo‘lga. O‘lsam, faxr bo‘ling, mexribon bo‘ling, Imkonin topsangiz to‘lang qarzimni, Duosini oling men sevgan elni, Meros qoldiraman sizga sabrimni. O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin…JOYLARI JANATDA BOSINLAR ILOXIM hamani ozlariga orgatib bizlarni yiglatip ketilar ....


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 7
Xalq boshidan soya ketgan kuzmi bu Rab
Yolg'on desam nahotki rost so'zmi bu Rab
Uzun uzun ohlar ko'kka o'rlanadi
Xalq otasin umri shuncha ozmidi Rab
Yetmish ikki tomirlarga motam ketdi
Xalq boshidan xaq qoshiga otam ketdi
Butun elni yig'latgan kun qandayin kun
Shum habardan butun boshli millat mahzun
Yurtim deya xalqim deya qayg'urib bir
Qayg'urmabdi Otajonim o'zi uchun
Olam uzra qandayin bir olam ketdi
Xalq boshidan xaq qoshiga otam ketdi
Garchi ajal o'z mo'ljali be omondir
Endi diydor otam bilan ming armondir
Cho'lponlarin boy bergani yetmasmidi
O'zbek uchun buncha qattiq imtixondir
Chorak asr yurt to'yida alam yetdi
Xalq boshidan xaq qoshiga otam ketdi
Zor yig'laydi mahzungina O'ZBEKISTON
Jo'r yig'laydi mahzungina O'ZBEKISTON
Kuz pallasi boshin yerga egibgina
Huvillaydi mahzungina O'ZBEKISTON
O'ZBEKISTON suyangan chin odam ketdi
Xalq bos...ЕщёXALQ BOSHIDAN XAQ QOSHIGA OTAM KETDI!!!
Xalq boshidan soya ketgan kuzmi bu Rab
Yolg'on desam nahotki rost so'zmi bu Rab
Uzun uzun ohlar ko'kka o'rlanadi
Xalq otasin umri shuncha ozmidi Rab
Yetmish ikki tomirlarga motam ketdi
Xalq boshidan xaq qoshiga otam ketdi
Butun elni yig'latgan kun qandayin kun
Shum habardan butun boshli millat mahzun
Yurtim deya xalqim deya qayg'urib bir
Qayg'urmabdi Otajonim o'zi uchun
Olam uzra qandayin bir olam ketdi
Xalq boshidan xaq qoshiga otam ketdi
Garchi ajal o'z mo'ljali be omondir
Endi diydor otam bilan ming armondir
Cho'lponlarin boy bergani yetmasmidi
O'zbek uchun buncha qattiq imtixondir
Chorak asr yurt to'yida alam yetdi
Xalq boshidan xaq qoshiga otam ketdi
Zor yig'laydi mahzungina O'ZBEKISTON
Jo'r yig'laydi mahzungina O'ZBEKISTON
Kuz pallasi boshin yerga egibgina
Huvillaydi mahzungina O'ZBEKISTON
O'ZBEKISTON suyangan chin odam ketdi
Xalq boshidan xaq qoshiga otam ketdi
He "Baraka topgur" degan so'zi qani
Nigohlari iliq bo'lgan yuzi qani
Shundayin bir gullagan hur VATAN qurib
Bunda endi Otajonim o'zi qani
Aytar so'zi xalqi uchun malham ketdi
Xalq boshidan xaq qoshiga otam ketdi
Endi senga sabr bersin ONA XALQIM
To'zim bersin qadr bersin ONA XALQIM
Duo ayla shu zot uchun yurtbosh uchun
Nurga to'la qabr bersin ONA XALQIM
Ming ming alam xalq tayanchi daldam ketdi
Xalq boshidan xaq qoshiga otam ketdi!!!