"Yana sevasanmi yoninga qaytsam"
Sensizlik og'ritdi mening qalbimni.
Yonimda bo'lsang-u dardlarim aytsam.
Seni ko'p qiynadim, kechir rashkimni.
Yana sevasanmi? yoninga qaytsam.
* * *
Ko'z yoshlaring to'kib aldadim ko'p bor.
Shirin so'zlaringa bugun bo'ldim zor.
Endi hech qalbinga bermayman ozor.
Yana sevasanmi? Yoninga qaytsam.
* * *
Suratinga boqib surarman hayol.
Tushlarimga kirib "KEL" deb aytaqol.
Sensiz yasholmayman mayli jonim ol.
Yana sevasanmi? Yoninga qaytsam.
* * *
Qadringa yetmadim kechirgin meni.
Sensiz yashamoqdan yo'q biror ma'ni.
Ortiq sabrim yo'qdir sog'indim sani.
Yana sevasanmi? Yoninga qaytsam.
***
Faqat sen ekansan qalbim egasi.