Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Mayus majnuntollar qoshida,
Kongi ohi ko'zin yoshida:
Bevafo ko'p ekan dunyoda…
Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda…
Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qoshilib yig'lar,
Bir soz dilga sanchadi tig'lar -
Bevafo ko'p ekan dunyoda…
Dildan ko'chib ketsa xayollar,
Yomonga yo'q ekan jazolar,
Yolg'on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda.
Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g'arib kezgan
sahrolar,
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda…
Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Mayus majnuntollar qoshida.
Kongil zori ko'zin yoshida:
Bevafo ko'p ekan dunyoda.
Qo'y yig'
Poyingizga xor bölgan, Bag'ringizga tor bölgan. Mexringizga zor bölgan, U mening QALBIM edi. Arzonlarga sotdingiz, Bozorlarga tortingiz. Yana toshlar otdingiz, U mening QADRIM edi. Yolg'onlarga almashgan, Sevaman deb aldashgan. Sizni tanlab adashgan, U mening BAXTIM edi. Falaklarga sachradi, Yomonlardan charchadi. Mudom sizga uchradi, U mening DARDIM edi. Yuragimdan joy olgan, Keyin dillarim quchgan. Qöllarimdan suv ichgan, U mening SABRIM edi. Oshiqlikni köz bilgan, Avval xam köp qazilgan. Muxabbat deb yozilgan, U mening QABRIM edi!!!