Sog'inchlarning boshlari egik, Visollarning qo'llari singan. Qo'y, sevmaymiz, ko'nglim-a, endi, Shunday bo'lsa muhabbat degan. Kutishlarning ko'zlari to'rtta, Quvonchlarga g'am hidi singan. Ko'nglim-ey, yur, ketamiz bundan, Shunday bo'lsa muhabbat degan. Armonlarning kiprigi qirov, Hijronlar shahd otiga mingan. Ko'nglim, bunda qolish ko'p og'ir, Shunday bo'lsa muhabbat degan. Nasihatlar qilamiz yana, So'ng ketamiz uni kutgani. Topolmaymiz bir chiroyli yo'l- MUHABBATDAN QOCHIB KETGANI...!
Stipendiya kech kelar,
Kassir saralab berar,
Byudjetlarni puli bor,
Kantraktlar aybdor.
Arz qilamiz kimga ham,
Bankda özi pullar kam.
Isbot uchun har sessiya,
Kimdir minadi nexia,
Fakultet der qulayman,
Oqimay ham o'lay man.
Balki shudir g'alaba, Zato bizlar TALABA...!
Bu sherni men yozmadim. Yurak to`la dardlar yozdi. Senga deya yuborilgan. Javobsiz ul xatlar yozdi. Bu sherni men yozmadim. Alam sitam qayg`u yozdi. Sevgisiga yetolmagan. Armon degan tuyg`u yozdi. Bu sherni men yozmadim. Yozdi shirin xotira. Unitulgan vaslingni. Eslab yana bir bora. Bu sherni men yozmadim. Yozdi shirin u damlar. Sevgimiz ortidan kelib. Azob bergan armonlar. Bu sherni men yozmadim. Yozdi meni ko`z yoshim. Ayriliqqa chidolmay. Yozdi yana bardoshim. Bu sherni men yozmadim. Yozdi meni qalamim. Seni o`zgaga berib. Chidolmagan alamim. Bu sherni men yozmadim. Armon qildi g'alaba. Kechgan bo`lsangda sog`inib. Yozdi Janob Talaba.