***
Nafas ol vujudim,
nafas ol chuqur,
Negadir nafasga toʻlmaydi ichim.
Benafas yashashda qilmadim qusur,
Bir nafas olishga yetmaydi kuchim.
Kuch nima?
kuchsizlik nimadir oʻzi?
Ikkilik chiqargan iblis fitnasi.
Kuchliman,
kuchsizman,
va ikki koʻzim
Shunchaki olamim nafas ziqnasi...
Ziqnalik nimadir?
bilmayman asli,
Bilmasam nimaga yozyapman unda?
Vujudim olamning beshinchi fasli,
Bir nafas toʻplasam, boʻgʻzim tugunda.
Tugmalar ochilmas,
echilmas tugun,
Boʻshliqqa dimlangan pufakday oʻsdim.
Men nafas olishdan qoʻrqqanim uchun,
Bir nafas koʻrinsa olmasdan qusdim.
Goʻyoki nafasga darkor farosat,
Izlasam burnimni berkitar qafas.
Bir nafas yutolsam burnim arosat,
Birinchi nafasmi?
ohirgi n