Chegara..........odamzot nima u.n kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko'ra sholg'om eksa, qozoniga tushadi-ku. Odamzod nima u.n bulbul chax-chaxini eshitganda entikib ketadi? undan ko'ra bulbulni sho'rvaga solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku. Odamzod nima u.n osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni ko'rib, ko'ngli zavqqa to'ladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillolar emas-ku. Odamzod nima u.n kitob o'qiyotib , suyukli qahramoni o'lib qolsa yig'laydi? Uni yozuvchi ichidan to'qib chiqarganini biladi-ku? Odamzot nima u.n bolasining boshida alla aytadi? Go'dak alla eshitmasa uxlamaydimi? Gap shundaki, Odamzotni hayvonotdan ajratb turadiga chegara bor. Bu chegaraning nomi Ma'naviyat deb ataladi.