Qara yana savdo keldi boshga,
Ne kulfatlar tushdi yigit boshimga,
Tosh tushdiku yegan xalol oshimga,
Bugun TUXMAT egdi mag‘rur boshimni.
Ishongan bugun qildi g‘iybatim,
Sotib ketti xatto suygan ulfatim,
Boshdan oshdi dard-u kulfatim,
Bugun G‘IYBAT egdi mag‘rur boshimni.
Chorasizlik azob qanchalar yomon,
Ig‘vo tiqar xatto terimga somon,
Bu ne ekan qanday kulfatli zamon.
Bugun IG‘VO egdi mag‘ur boshimni.
Ko‘rganlarim yordan bo‘ldi xiyonat,
O‘z qalbimni o‘yib chekdim nadomat,
Bilmam bular nedan kelgan alomat,
Bugun YORIM egdi mag‘rur boshimni.
Chidolmadim yeg‘lab topmadim chora,
Aqlim kezar bo‘shliq uzra ovora,
To‘ydirganda jondan o‘shal zamona,
Bugun MAJBUR egdim mag‘rur boshimni.....
Ko‘zlar porlaudiyu yeg‘laydi yurak,
Ushalmaydi sira qilingan tilak,
Mazmunsiz bo‘lsada yashamoq kerak,
Alamliy dunyoning qonuni shunday.
Qo‘l urgan ishlaring tortadi ortga,
Ishonching qolmaskan biror bir zotga,
Xatto yarashmassan uchqur bir otga,
Alamliy dunyoning qonuni shunday.
Ko‘zyoshing berkitib yeg'laysan tunlar,
Xayotingga takror keladi kuzlar,
Yetmay qolar bazan dodlashga so‘zlar,
Alamliy dunyoning qonuni shunday.
Eng yaqin insoning qilar xiyonat,
Bugun yuzin burib ketganda omad,
Qalbing yeg‘lar naxot dunyo nadomat,
Alamliy dunyoning qonuni shunday.
Barchasiga chora topilar bir kun,
Xammasiga nuqta qo‘yadi bir tun,
Joning olar so‘ngra yechilgach tugun.
Alamliy dunyoning qonuni