Sevgi nima?- sevgi yashamoq, Sevgi nima? - o'lim demakdir. U baxtlarga eltguvchi so'qmoq , Yoki so'ngi yo'lim demakdir. Sevgi nima? -ishonch barchaga, U mehrdan gullayotgan tosh, Ufqlarning olis bag'rida , O'z qoniga belangan quyosh.Shabnamlarni icharkan yaproq ,Tong o'pganda yuz ochar g'uncha,Bo'sadan so'ng labdagi titroq, Sevgi menga shunday tushuncha. Sevgi-tangri qilgan marhamat, Majnun kiygan sahroyi kafan, Sevgi azob,sevgi shirin dard, Sevgi nima?- sevgi bu sensan!