Men ketaman boshim egib jim. Bir qiz qolar mayus egib bosh. Holing ne deb so'ramas xech kim. Ko'zlarida tomchi-tomchi yosh. So'rasaham aytolmaydi u. Yuragida ishqimdan ozor. Ketmagin deb aytolmaydiyu. Qaytishimni kutar intizor. Parishon dil shomu saharda. Umir o'tar misli devona. Shunday katta gavjum shaharda. Endi unga hamma begona. Yuragini alam tirnaydi. Hatto sirin yashirar tundan. Yostig'ini yirtib yig'laydi. Men haqimda so'ramang undan. Endi u men haqimda bilmaydi.